Internet-provayder

Contacts
Internet xizmatini vaqtincha band etish 2 oygacha muddat beriladi “Portni band qilish” xizmati yordamida Internet xizmatidan foydalanishni 2 oy muddatgacha to‘xtatib turishingiz mumkin. Ushbu xizmat agarda Siz yaqin orada internetdan foydalanishni rejalashtirmayotgan bo‘lsangiz, va tarif rejasi trafigi uchun abonentlik to‘lovini to‘lash ehtiyoji bo‘lmasa, Siz uchun qulay funksiya hisoblanadi.
  1. Portni band etish abonent tomonidan ariza taqdim etilgach oyning birinchi sanasidan boshlab amalga oshiriladi;
  2. Portni band qilish bo‘yicha ariza joriy oyning 25 – sanasidan kechiktirilmasdan taqdim etilgan bo‘lishi kerak, shuningdek, xizmatni yoqish faqatgina keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi;
  3. Provayder xizmatning uchinchi tomon tarafidan ishga tushirilishi bo‘yicha ehtimoli bo‘lgan oqibatlar uchun javobgar hisoblanmaydi;
  4. Abonent xizmatni uchunchi tomon tarafidan ishga tushirilishi bo‘yicha yolg‘iz o‘zi javobgar hisoblanadi.
  5. Xizmatni yoqish uchun abonent hisobida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lishi kerak.
  6. Xizmatni 1 oydan 2 oygacha bo‘lgan muddat uchun ishga tushirish mumkin.
  7. Agarda abonent tomonidan band etilgan xizmatni bekor qilishni tezlatish va Internet xizmatidan foydalanishni boshlash ehtiyoji tug‘ilganda, abonent to‘liq miqdorda tarif rejasiga ko‘ra abonentlik to‘lovini to‘lashi va xizmatdan foydalanashi mumkin. Buning uchun kompaniyaning Abonentlar bilan ishlaydigan bo‘limiga murojaat qilishi lozim.

    Muhim: “port zahirasi” xizmati faqat ADSL texnologiyasidan foydalangan holda abonentlarga taqdim etiladi

    Xizmat narxi: oyiga 12 000 S’om