Internet-provayder

Contacts
Oʻzbekistonda Internet tezligi oshadi va qamrovi kengayadi
Oʻzbekistonda Internet tezligi oshadi va qamrovi kengayadi, optik tolali aloqa liniyalari har bir aholi punktiga kirib boradi. Oʻzbekistonda 2022 yil oxiriga qadar internet tezlashadi. Qamrovi kengayadi deb xabar qildi  boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi. Xususan, 2022 yil yakuniga qadar xalqaro internet tarmogʻiga ulanishning umumiy oʻtkazuvchanlik imkoniyatini 3 200 Gigabit/sekundgacha kengaytirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda ushbu koʻrsatgich 1 800 Gigabit/sekundni tashkil qiladi. Shuningdek, 2021 yilda Oʻzbekistonda 50 ming kilometr optik-tolali aloqa liniyalari qurilgan. Natija telekommunikatsiya tarmogʻining oʻtkazuvchanlik qobiliyati viloyat va tuman markazlari darajasida 1,5 barobarga oshgan. Bugungi kunga kelib 95 foiz aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab olingan, 54 foiz uy xoʻjaliklariga yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoni yaratilgan, – deyiladi xabarda. Mobil aloqa xizmatlarini rivojlantirish maqsadida mobil internet tezligi 1,5 barobar oshirildi va 2021 yilda 14 150 ta qoʻshimcha tayanch stantsiyalari oʻrnatilib, ularning umumiy soni 45 890 taga yetkazildi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 27,2 milliondan oshgan, shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 25,3 million kishini tashkil etmoqda.

Kelgusi rejalar:

  • Buxoro, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida yirik maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari quriladi;
  • Xalqaro maʼlumotlar uzatish kanalining oʻtkazuvchanlik qobiliyati 3,5 marotaba oshiriladi;
  • 150 ming km optik-tolali aloqa liniyalari qurilish hisobiga maʼlumotlar uzatish tarmogʻi kengaytiriladi;
  • Xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllarini mobil aloqa tarmoqlari bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlanadi;
  • Optik tolali aloqa liniyalari barcha aholi punktlariga yetkazilib, uy xoʻjaliklarining kamida 80 % Internetga keng polosali simli ulanish imkoniyati bilan taʼminlanadi.

Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari 2022 yil 1 yanvardan boshlab Internet tarmoqlarini loyihalashda quyidagilarni nazarda tutadi:

maʼmuriy binolar va koʻp kvartirali uylarni kamida 1 Gigabit/sekund oʻtkazuvchanlik qobiliyati bilan; taʼlim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va boshqa davlat tashkilotlarini kamida 100 Megabit/s oʻtkazuvchanlik qobiliyati bilan taʼminlash. Bugungi kunda dunyo tajribasi aholi turmush farovonligini taʼminlash, ular uchun qulayliklar yaratish hamda davlat xizmatlaridan toʻsiqsiz, shaffof va adolatli foydalanishda eng toʻgʻri yondashuv Elektron hukumat ekanligini koʻrsatmoqda