O’zbekiston uchta yangi tashqi Internet-kanal tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu mavjud tarmoqni yengillashtiradi. Bu “O‘zbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatda mavjud chegara o‘tkazish punktlari orqali xalqaro magistral kanallar tashkil etish ko‘zda tutilgan. “O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston”, “O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy” va “O‘zbekiston-Turkmaniston-Ozarbayjon-Turkiya” kabi yo‘nalishlarda.
Shuningdek, rasmiylar Xitoy bilan yangi kirish nuqtalarini yaratish va Internet-trafikni o’zaro almashish choralarini ko’radi.
Natijada 2023 yilgacha:
- xalqaro ma’lumotlarni uzatish kanalining sig‘imi 3,5 barobar oshirildi;
- 150 ming km optik tolali aloqa liniyalarini qurish hisobiga ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i kengaytiriladi;
- barcha aholi punktlariga optik tolali aloqa liniyalari tortiladi. Bu uy xo’jaliklarining kamida 80 foizini keng polosali simli Internetga kirishni ta’minlaydi.
Bundan tashqari, 2022-yil 1-yanvardan boshlab Internetga keng polosali ulanish tarmoqlarini loyihalash va qurishda:
- ma’muriy binolar va turar-joy binolarida – o’tkazish qobiliyati kamida 1 Gbit / s bo’lishi kerak;
- ta’lim muassasalarida, shuningdek, sog’liqni saqlash muassasalarida va boshqa davlat tashkilotlarida – o’tkazish qobiliyati kamida 100 Mbit / s bo’lishi kerak.