INFOBOX MCJ ma’lumotlarni uzatish xizmatlarini ko’rsatish uchun OMMAVIY OFERTA (shartnoma shakli)
Matnda keyingi o‘rinlarda Operator deb yuritiluvchi, 2019 yil 30 yanverda berilgan AA №0006699 sonli Lisenziya asosida ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ularga xizmatlar ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullanuvchi «INFOBOX» MChJ ushbu hujjat orqali mazkur ofertani jismoniy shaxslar (Kelishuv ofertasi) ga quyidagi shartlarda taqdim qiladi. Ushbu Ommaviy oferta Operatorning Internet tarmog‘idagi : https://siriustelecom.uz manzilida joylashgan rasmiy veb saytda joylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va mazkur vebsaytda uni bekor qilish to‘g‘risidagi rasmiy xabar joylashtirilgunga qadar amal qiladi. Operator ushbu Ommaviy oferta bilan belgilangan tartibda Ommaviy oferta shartlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Operator mazkur Shartnomani tuzayotganda Abonent shaxsiy komp’yuterda ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha ko‘nikmalarga, shuningdek, Internet tarmog‘ida ishlash ko‘nikmalariga ega degan farazga tayanadi.
1.2. Ushbu Ommaviy ofertada quyidagi atamalar qo‘llaniladi:
«Abonent» – xizmatlardan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz, faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanuvchi, ushbu maqsadlar uchun noyob autentifikasiya ma’lumotlari ajratib ko‘rsatilgan holda bunday xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risida Shartnoma tuzilgan jismoniy shaxs;
«Abonent qurilmasi, terminal qurilmalar» – Abonentning manzilida joylashgan aloqa liniyalari (komp’yuter, tarmoq kabeli va boshqalar) orqali signallarni uzatish va/yoki qabul qilishga mo‘ljallangan texnik vositalar;
«Avtorizasiya» – Operator serverida Abonent tomonidan kiritilgan Autentifikasiya ma’lumotlarini tahlil qilish jarayoni, uning natijalariga qarab, Abonentning xizmatni qabul qilishi yoki Shaxsiy kabinetga kirish huquqiga ega ekanligini belgilanadi.
«Autentifikasion ma’lumotlar» – Internet tarmog‘idan Shaxsiy kabinetga kirish va/yoki tegishli xizmatdan foydalanish uchun qo‘llaniladigan Abonentning noyob foydalanuvchi nomi (login) va paroli (password).
«Shaxsiy hisobvarag‘i balansi» – muayyan vaqtning o‘zida ikki xil pul mablag‘lari summasi o‘rtasidagi farq. Birinchi summa shu vaqtgacha Shaxsiy hisobvarag‘iga kiritilgan pul mablag‘laridan iborat bo‘lsa; ikkinchi summa shu vaqtgacha Shaxsiy hisobvarag‘idan yechib olingan pul mablag‘laridan iborat bo‘ladi.
«Shaxsiy hisobvarag‘iga pul mablag‘larini kiritish» – Abonent tomonidan Operatorning hisob raqamiga Shaxsiy hisobvarag‘iga (LOGIN) ko‘rsatilgan holda o‘tkazilgan avans to‘lovi. To‘lovni elektron to‘lov tizimlari (Payme, Paynet, Click UP,Humans, UPay, hamda Uzumbank, ) yordamida amalga oshirish mumkin.
«Operatorning mas’uliyat sohasi» – Operatorga tegishli bo‘lgan yoki uning boshqaruvi ostida bo‘lgan texnik vositalar va telekommunikasiya kanallari. «Internet» – bu ko‘p sonli turli odamlar va tashkilotlarga tegishli bo‘lgan komp’yuter tarmoqlari va axborot resurslarining global ixtiyoriy, mustaqil birlashmasi.
«Shaxsiy hisobvarag‘i» – Abonentning avans to‘lovlari va ushbu to‘lovlardan xizmatlar uchun to‘lov sifatida ushlab qolingan (echib olingan) pul mablag‘lari summalari qayd qilinadigan hisobvaraq. Shaxsiy hisobvaraq noyob bo‘lib, Operatorning ma’lumotlar bazasida joylashgan bo‘ladi, xizmatlar ko‘rsatishning butun davri davomida doimiy xususiyatga ega bo‘lib, mablag‘larning kelib tushishi va ularning sarflanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning hisobini aks ettiradi. Shaxsiy hisobvarag‘i sahifasi Shaxsiy kabinetning funksional varianti sanaladi va xizmatning rasmiy vebsaytidagi Shaxsiy kabinet bo‘limida joylashgan.
«Shaxsiy kabinet» – Operator ko‘rsatadigan xizmatning rasmiy https://cabinet.siriustelecom.uz veb-saytida olingan Xizmatlar hajmi va Shaxsiy hisobvaraqning joriy holati to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan veb-sahifa. Bunda, Shaxsiy kabinetda aks ettirilgan ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Operatorning moliyaviy tizimlaridagi ma’lumotlardan farq qilishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu sahifada Abonent muayyan xizmatlarga obuna bo‘lishi, ularni rad etish funksiyalari amalga oshirilishi mumkin.
«Hisobot oyi» – Abonent tomonidan tanlangan tarif rejasi shartlariga muvofiq, ushbu xizmatga mos keladigan, Abonentning muayyan to‘lovlariga muvofiqlashtirilgan ma’lum bir xizmat ko‘rsatiladigan kalendar’ oyi.
«Xizmatning rasmiy vebsayti» – Operatorning https://siriustelecom.uz veb manzilida joylashgan telekommunikasiya tarmog‘idagi axborot resursi. «Operator» – tegishli lisenziyalar asosida telekommunikasiya tarmoqlari (ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari) xizmatlarini ko‘rsatuvchi «INFOBOX» MChJ;
«SIRIUS TELECOM» – INFOBOX MCHJ fonida xizmat ko’rsatuvchi savdo belgisi.
«Ommaviy oferta» – https://siriustelecom.uz manzilida joylashgan Operatorning rasmiy veb-sayti orqali tarmoqda nashr qilingan, Abonent tomonidan Abonent va Operator o‘rtasida «INFOBOX» MChJ ning ommaviy ofertasiga “Telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatishga Kelishuv oferta”ni imzolash orqali tuziladigan, matnda keyingi o‘rinlarda “Shartnoma” deb yuritiladigan mazkur hujjat.
«Abonent trafigi» – abonentning uskunasi (kiruvchi trafik) tomonidan Internet tarmog‘idan olingan va abonent uskunasi (chiqish trafiki) dan Operatorning tarmog‘i orqali Internet tarmog‘iga uzatilgan har qanday ma’lumotlar to‘plami yig‘indisi;
«Xizmat» – ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, shu jumladan Internet xizmatlarini ulash va taqdim etish, shuningdek, ushbu xizmatlarni olish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan xatti-harakatlar;
«Ofertani qabul qilish (kelishuv oferta)» – matnda keyingi o‘rinlarda “Abonent roziligi” (1-Ilova) deb yuritiladigan, Abonent tomonidan «INFOBOX» MChJ ning ommaviy oferta shartlariga telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatishga buyurtma/akseptni imzolash orqali ofertani to‘liq va so‘zsiz qabul qilish.
2. SHARTNOMA MAVZUSI
2.1. Operator Abonentga ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i xizmatlari, shu jumladan Internet tarmog‘iga kirish xizmatini ta’minlaydi, Abonent esa ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq, xizmatlardan foydalanadi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida va to‘liq hajmda, Xizmatning rasmiy vebsaytida ko‘rsatilgan tariflar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
2.2. Shartnoma doirasida, zarurat bo‘lgan taqdirda, Operator Abonentga uning so‘roviga binoan, Ommaviy oferta va unga ilovalarda ko‘rsatilgan, Xizmatning rasmiy vebsaytida sanab o‘tilgan va unda e’lon qilingan tariflarga muvofiq tariflanadigan qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish huquqiga ega.
2.3. Ushbu Shartnoma bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish muddati davomida Operator, Abonentning o‘zida zarur shaxsiy uskunasi bo‘lmagan taqdirda, Operator Xizmatga ulanish uchun ishchi holatda bo‘lgan telekommunikasiya uskunasini Abonentga vaqtinchalik foydalanish uchun topshirish yoki sotish ehtimolini ko‘rib chiqishi mumkin. Vaqtinchalik foydalanishga topshirilgan taqdirda, Shartnoma bekor qilingan paytda, Operatordan uskunani olgan Abonent Shartnoma bekor qilingan paytdan boshlab, olingan uskunani Operatorga, tabiiy eskirishni hisobga olgan holda, qaysi holatda qabul qilgan bo‘lsa, shunday holatda qaytarishi shart.
2.4. Abonentning o‘zida FTTB va GPON texnologiyalari bo‘yicha «Operator»ning Xizmatlaridan to‘liq foydalanish uchun yaroqli bo‘lgan shaxsiy telekommunikasiya uskunasi bo‘lgan taqdirda, 2.3-band o‘z kuchini yo‘qotadi.
2.5. Abonent tomonidan «Abonent roziligi»ni imzolash fakti (1-Ilova) Abonent tomonidan Shartnoma shartlari va Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan, unga barcha Ilovalarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilishi deb sanaladi (O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 370-moddasi).
3. XIZMATLARNI KO‘RSATISH SHARTLARI
3.1. Abonentni Xizmatga ulash muddati ushbu Shartnomaning 4.3. va 4.4. bandlari shartlariga muvofiq, ulanish uchun to‘lov va birinchi oy uchun abonentlik to‘lovi amalga oshirilgan paytdan boshlab, 5 (besh) ish kunidan oshmasligi lozim.
3.2. Abonent Xizmatni ulash bo‘yicha texnik ishlar tugagan paytdan boshlab, 5 (besh) ish kunidan kechiktirmay tarmoqda avtorizasiya qilishi kerak. Abonentni avtorizasiya qilish tarmoqqa ulanish paytida Abonentning shaxsiy Autentifikasiya ma’lumotlarini kiritish orqali amalga oshiriladi.
3.3. Abonentning xizmatga ulanishi (xizmat ko‘rsatishning boshlanishi) payti deb Abonentning birinchi muvaffaqiyatli Avtorizasiyasi vaqti hisoblanadi.
3.4. Abonentning Xizmatlardan foydalanishni haqiqatda boshlagan sanasi Operatorning tarmog‘ida o‘rnatilgan ulanishlarni yoki xarajatlarni hisobga olish uskunasi (billing) ning dasturiy nazorati ma’lumotlari asosida, Operator tomonidan belgilanadi. Abonentga Xizmatlarni taqdim etish fakti Operatorning xarajatlarni hisobga olish (billing) uskunasining ma’lumotlari bilan tasdiqlanadi.
3.5. Abonentning identifikasiyasi hamda Xizmatlar va Shaxsiy kabinetga kirishi Abonentning shaxsiy autentifikasiya ma’lumotlari yordamida amalga oshiriladi. Bir vaqtning o‘zida bitta login bilan faqat bitta ulanish o‘rnatilishi mumkin.
3.6. Abonentning shaxsiy Autentifikasiya ma’lumotlari Abonentga Operatorning ofisida yoki abonent tarmoqga ulanayotgan manzilda barcha kerakli hujjatlar taqdim etilgandagina beriladi. Abonentga tayinlangan Login o‘zgartirilmaydi. Abonent shaxsiy kabinetda birinchi marta muvaffaqiyatli avtorizasiya qilingan paytdan boshlab, 72 soat ichida boshlang‘ich parol (password) ni o‘zgartirish majburiyatini oladi.
3.7. O‘z xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan, Operatorning xodimlariga Abonent to‘g‘risida ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar shaxsiy ma’lumotlar sanalib, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq himoya qilinishi lozim. Abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlarga quyidagilar kiradi: Abonent – jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; Abonentning manzili yoki Abonentlik uskunasi o‘rnatiladigan manzil, taxallus, aloqa uchun telefon raqamlari, abonentlik qurilmasining MAC-manzili hamda Abonent va uning Abonentlik uskunasini shubhasiz identifikasiyalash imkonini beruvchi boshqa ma’lumotlar. Telekommunikasiya tarmoqlari orqali uzatiladigan axborot oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqatgina ularni jo‘natuvchi shaxslar (Operatorning Abonentlari), ularning qonuniy vakillariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda berilishi mumkin.
3.8. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash – Abonentning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, shaxssizlashtirish va yo‘q qilish bo‘yicha Operatorning bir yoki qator xatti-harakatlarining amalga oshirilishi. Ushbu Shartnomani tuzish orqali Abonent Operator tomonidan o‘zining shaxsiy ma’lumotlari qayta ishlanishiga roziligini bildiradi. Abonentning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi № O‘RQ-547-sonli “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshiriladi.
4. XIZMATLAR NARXI VA TO‘LOVNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI
4.1. Xizmatlar oldindan to‘lov kiritish (matnda keyingi o‘rinlarda – “Oldindan to‘lov”) shartlari asosida taqdim etiladi. Xizmatlardan foydalanishni boshlagan paytdan boshlab, Operator Abonentning shaxsiy hisobvarag‘idagi mablag‘lar hisob-kitobini yuritadi. Shaxsiy hisobvaraqdagi mablag‘lar Abonent tomonidan faqatgina Operatorning Xizmatlarini to‘lash uchun ishlatilishi mumkin.
4.2. Xizmatlar narxi va tarifikasiyalash qoidalari ushbu Shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan Operator tomonidan belgilangan tariflarga (matnda keyingi o‘rinlarda – “Tariflar”) muvofiq belgilanadi. Tariflar Xizmatning rasmiy vebsaytida joylashtiriladi.
4.3. Dastlabki to‘lov Xizmatga ulanish uchun to‘lov va amaldagi tariflarga muvofiq tanlangan xizmatlardan foydalanganlik uchun oylik Abonent to‘lovini o‘z ichiga oladi hamda Abonentning shaxsiy hisobvarag‘iga pul mablag‘larini ko‘chirish yo‘li bilan to‘liq hajmda to‘lanadi.
4.4. Birinchi oy uchun abonentlik to‘lovi Xizmatdan foydalangan kundan boshlab keying oyning shu sanasigacha qolgan kalendar kunlarning haqiqiy sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
4.5. Abonent o‘zining Shaxsiy hisobvarag‘idan Operatorning qo‘shimcha xizmatlariga buyurtma berishi va ularni to‘lashi mumkin. Qo‘shimcha xizmatlarning tarkibi, narxi va ularni taqdim etishning tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Operator tomonidan rasmiy vebsaytda e’lon qilinadi. Abonent tomonidan qo‘shimcha xizmatdan foydalanishni boshlash fakti deb Abonentning uni taqdim etish shartlari va unga belgilangan tariflarga roziligi hamda xizmat uchun haq to‘lashi sanaladi.
4.6. Operator tomonidan Abonentning shaxsiy hisobvarag‘idan mablag‘larni yechib olish quyidagicha amalga oshiriladi:
4.6.1. Joriy oy uchun abonent to‘lovini yechib olish oyiga bir marta, oyning hisob kitob davri sanasidan 100% oldindan to‘lov shaklida amalga oshiriladi.
4.6.2. Qo‘shimcha xizmatlar (onlayn kinoteatr, televideniya va boshqalar) uchun mablag‘larni yechib olish 100% oldindan to‘lov shaklida xizmatga buyurtma berish paytida bir martalik to‘lov ko‘rinishida amalga oshiriladi.
4.7. Xizmatlar Abonentga faqatgina Shaxsiy hisobvaraqning musbat balansi holatida taqdim etiladi. Abonentning balansi nolga teng bo‘lgan taqdirda yoki abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli bo‘lmaganda, Xizmatni ko‘rsatish avtomatik ravishda to‘xtatiladi. Xizmatdan foydalanish huquqini taqdim etish Shaxsiy hisobvaraqdagi balans xizmatdan foydalanishni davom ettirish uchun yetarli bo‘lgan miqdorgacha to‘ldirilganidan keyin qayta tiklanadi.
4.8. Agar Abonent xizmat ko‘rsatish to‘xtatilgan oydan keyingi bir kalendar oy ichida shaxsiy hisobvarag‘idagi balansni xizmatdan foydalanishni davom ettirish uchun yetarli bo‘lgan miqdorgacha to‘ldirmasa, Operator Shartnomani bir tomonlama bekor qilish, Abonentni. tarmoqdan o‘chirib qo‘yish va Abonentning FTTB yoki PON portining tarmoqdan uzoshga haqli.
4.9. Operator amaldagi tariflarga o‘zgartirishlar kiritilgani va yangilari joriy etilganligi to‘g‘risida Abonentlarni o‘zgartirishlar kuchga kirishidan kamida 10 kun oldin xizmatning rasmiy vebsaytiga ma’lumotlarni joylashtirish orqali xabardor qiladi.
4.10. Xizmatlar uchun tariflar milliy valyuta (SO‘M) da ko‘rsatilgan bo‘lib, to‘lov qilinadigan vaqtda amal qiluvchi barcha soliq va yig‘imlarni o‘z ichiga oladi. To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi (SO‘M) da amalga oshiriladi.
4.11. Operator ushbu Shartnomaning 5.2.4-bandiga muvofiq, Tariflarni bir tomonlama o‘zgartirishga haqli.
4.12. Shartnoma bekor qilingan taqdirda Abonent, ushbu Shartnomaning 4.8-bandiga binoan, amaldagi tariflarga muvofiq, xizmatga qayta ulanish narxini to‘lash sharti bilan, Operatorning kassasiga yoki to‘lovlarni qabul qilishning elektron tizimlariga kerakli miqdorda pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan, Shartnomani qayta tuzishi mumkin.
4.13. Abonentning Operatorga ushbu Shartnomaning 11.3-bandida nazarda tutilgan tartibda taqdim etilgan arizasiga binoan Shartnoma bekor qilingan taqdirda, Abonentga Shartnomaning 11.4-bandida belgilangan tartibda bekor qilingan sanada shaxsiy hisobvaraqda qolgan pul mablag‘lari qaytarilishi lozim, Abonent Shartnomani bekor qilish to‘g‘risida ariza bergan oy uchun oylik Abonent to‘lovi bundan mustasno.
4.14. Agar biror bir sababga ko‘ra, Abonent xizmatdan foydalanishda tanaffus qilishga qaror qilsa, bunda mazkur tanaffus muddati davomida oylik Abonent to‘lovi amalga oshirilmasa, u qo‘shimcha band qilish xizmatini tanlashi lozim (Xizmatdan foydalanish imkoniyatini bloklash va Abonentga uning Operatorning hisobga olish, port va o‘zaro ulanish tizimida Abonentning rekvizitlarini uning nomiga band qilish).
4.14.1. Band qilish muddati ketma-ket ikki oygacha bo‘lishi mumkin.
4.14.2. Qo‘shimcha band qilish xizmatining narxi amaldagi tariflarda ko‘rsatilgan, to‘lov Abonentning shaxsiy hisobvarag‘iga kerakli miqdordagi pul mablag‘larini kiritish orqali amalga oshiriladi.
4.15. Tarif rejasini o‘zgartirish Operator ofisiga yozma ariza bilan murojaat qilish yoki joriy oy tugashiga 2 (ikki) ish kuni qolganda, Shaxsiy kabinetda ariza berish orqali amalga oshiriladi. Abonentning tarif rejasi keyingi oyning hisob kitob davri sanasida o‘zgartiriladi.
4.16. Agar biror bir sababga ko‘ra, Abonent xizmatlarni taqdim etishni boshqa joylashuv manziliga (boshqa manzilga) ko‘chirmoqchi bo‘lsa, u holda zarur hujjatlar to‘plamini taqdim etgan holda, xizmatni ko‘chirish uchun yozma ariza bilan Operatorning ofisiga murojaat qilishi kerak.
4.16.1. Xizmatni ko‘chirish tomonlar tomonidan avvalroq Abonent tomonidan imzolangan “Kelishuv oferta”ga qo‘shimcha shartnomani imzolash orqali rasmiylashtiriladi.
4.16.2. Qo‘shimcha ko‘chirish xizmatining narxi amaldagi tariflarda ko‘rsatiladi. To‘lov Abonentning Shaxsiy hisobvarag‘iga kerakli miqdordagi pul mablag‘larini kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
4.16.3. Qo‘shimcha ko‘chirish xizmati Tomonlar qo‘shimcha shartnoma imzolagan paytan boshlab, 10 (o‘n) ish kuni ichida yangi ulanish manzilida zarur hujjatlar to‘plamini taqdim etgan holda taqdim etiladi.
4.17. Reklama aksiyalari davomida Abonentga taqdim etilgan va Operatordan bonuslar ko‘rinishida qo‘shilgan barcha summalar faqat Xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish uchun sarflanishi mumkin va Shartnoma bekor qilinganda to‘lanmaydi.
4.18. Agar hisobot oyidan keyingi oyning 5 (besh) kalendar kuni o‘tganidan so‘ng, Abonent hisobot oyida ko‘rsatilgan xizmatlarning hajmi va sifati yuzasidan asoslangan da’voni yozma ravishda taqdim qilmagan bo‘lsa, Xizmat tegishli tarzda taqdim etilgan deb hisoblanadi.
4.19. Operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga QQS summasi kiritilgan.
5. OPERATORNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5.1. Operatorning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
5.1.1. Abonentga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi me’yoriy hujjatlari talablarini inobatga olgan holda, ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq, Xizmatlarni taqdim etish.
5.1.2. Abonentning avans to‘lovlarini o‘z vaqtida uning Shaxsiy hisobvarag‘iga ko‘chirish.
5.1.3. Abonentga +99871 202 3222 (tun-u kun uzluksiz, haftasiga 7 kun) telefon raqami orqali texnik qo‘llabquvvatlash xizmatidan telefon orqali maslahat olish imkoniyatini taqdim etish. Konsultatsiyalar hajmi Xizmatlarni taqdim etish bilan bog‘liq muayyan masalalar bilan cheklanadi.
5.1.4. Abonentga Shaxsiy kabinetga kirish imkoniyatini taqdim etish. Xizmatlarni ko‘rsatish to‘xtatilgan taqdirda, Shaxsiy kabinet Shartnomaning amal qilish muddati davomida Internet tarmog‘i orqali Abonent uchun ochiq bo‘lib qoladi.
5.1.5. Abonent tomonidan Xizmatdan foydalanish tartibi va u bilan tuzilgan Shartnomaning boshqa shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash uchun umum qabul qilingan texnik va tashkiliy choralarni ko‘rish.
5.1.6. Abonentga, uning so‘roviga binoan, ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish;
5.1.7. Xizmatlarni ko‘rsatishning normal rejimi buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan profilaktik va rejali ta’mirlash ishlarining boshlanishi va o‘tkazilish davomiyligi to‘g‘risida Abonentni xizmatning rasmiy vebsaytida xabardor qilish.
5.2. Operator quyidagi huquqlarga ega:
5.2.1. Abonent tomonidan xizmatlar uchun Dastlabki to‘lov yoki oylik Abonent to‘lovini 100% oldindan to‘lanmaguncha, xizmatlarni taqdim etishni rad etish;
5.2.2. Agar Abonentdan olingan zarur hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar keltirilgan bo‘lsa, Abonentga ulanish va xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarishni bir tomonlama rad etish;
5.2.3. Quyidagi hollarda Abonentga ushbu rad etish tegishli ravishda asoslanishi sharti bilan xizmat ko‘rsatishni rad etish mumkin: – 2020 yil 30 iyun kuni 3275-raqami ostida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining 2020 yil 30 iyundagi 208-mh-son buyrug‘iga Ilova qilingan “Telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari” da ko‘rsatilgan majburiyatlarga rioya qilinmasa; – qandaydir texnik, jismoniy, topografik yoki boshqa tabiiy to‘siqlar tufayli Xizmatlarni taqdim etishning iloji bo‘lmasa;
5.2.4. Bir tomonlama tartibda yangi tariflarni joriy etish va amaldagilarini, ularni o‘zgartirishdan kamida 10 (O‘n) kalendar kun oldin, xizmatning Rasmiy vebsaytida ma’lumot joylashtirish orqali Abonentni oldindan xabardor qilgan holda, o‘zgartirish,
5.2.5. Quyidagi hollarda Shartnomani bir tomonlama bekor qilgan holda, Abonentga xizmatlarni ko‘rsatishni to‘xtatish: – Abonent tomonidan ushbu Shartnoma va unga Ilovalarning shartlari buzilganda; – Abonentning Operator tarmog‘ida nosozlik kelib chiqishiga olib kelgan har qanday xatti-harakatlari; – taqdim qilingan xizmatlardan noqonuniy yoki tijorat maqsadlarida foydalanish; – mahalliy tarmoqlarni tashkil qilish va/yoki ikki yoki undan ortiq komp’yuterlarni o‘zaro bir-biriga ulash orqali Xizmatga ulanish yo‘li bilan xizmatdan tijorat maqsadlarida foydalanish; – jamoaviy foydalanish punktlarini tashkil qilishda xizmatdan foydalanish (“Internet-klublar”, “Internetkafelar”, har qanday o‘quv-ta’limiy markazlar); – Abonentning tarmoq resurslariga ruxsatsiz kirish imkoniyatini olishga qaratilgan xatti-harakatlari. – abonentga kirish nuqtasini ijaraga berish bo’yicha xizmatlar ko’rsatuvchi hamkorlar bilan shartnoma bekor qilinganda
5.2.6. Tarqatilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan har qanday ma’lumotlarni uzatishdan bosh tortish.
6. ABONENTNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
6.1. Abonentning majburiyatlari quyidagicha:
6.1.1. Operatorning hisob-kitob raqamiga zarur avans to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirgan holda, Shaxsiy hisobvarag‘ida musbat balansni saqlab turish.
6.1.2. Abonent Xizmatlardan foydalanish uchun barcha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Abonent tomonidan foyda olish maqsadida Shartnoma bo‘yicha Xizmatdan har qanday tijorat maqsadlarida foydalanishga (Xizmatni boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga qayta sotish) yo‘l qo‘yilmaydi.
6.1.3. Xizmatni ulash bo‘yicha texnik ishlar tugatilgan paytdan boshlab, 5 (besh) ish kuni ichida Xizmatni faollashtirish.
6.1.4. Xizmatlardan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga rioya qilgan holda, uchinchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmagan hamda ularga ziyon yetkazmagan holda foydalanish.
6.1.5. Vaqti-vaqti bilan (7 kun davomida kamida bir marta) Xizmatning rasmiy vebsaytida o‘zgarishlar mavjudligini tekshirish.
6.2. Abonent quyidagi huquqlarga ega:
6.2.1. Taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq savollar tug‘ilganda, Operatorning konsul’tativ va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatidan foydalanish.
6.2.2. Operator vebsaytida iste’molchi xususiyatlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish.
6.2.3. Shaxsiy kabinetda ko‘rsatilgan xizmatlar va Shaxsiy hisobvaraqdagi mablag‘lar qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish.
6.2.4. Shartnomada belgilangan tartibda da’volar bilan murojaat qilish.
7. OPERATORNING JAVOBGARLIGI
7.1. Operator amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘zining Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarish uchun javobgar sanaladi.
7.2. Operator Operatorga tegishli bo‘lmagan, Operatorning boshqaruvi ostida bo‘lmagan yoxud Operatorga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli ro‘y bergan jihozlarning ishdan chiqishi yoki dasturiy ta’minotdagi nosozliklar bois kelib chiqqan Xizmatni ko‘rsatishdagi uzilishlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
7.3. Operator tarmoqning ishlab turishi va rivojlanishini ta’minlash zarurati bilan chaqirilgan uskunalar, dasturiy ta’minotni almashtirish yoki boshqa ishlar bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda to‘liq yoki qisman uzilishlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
7.4. Operator Internet tarmog‘ining alohida segmentlari ishlashi va ulardan foydalanish imkoniyati mavjudligi uchun javobgar bo‘lmaydi.
7.5. Operator Internet tarmog‘idagi Operatorning mas’uliyat doirasidan tashqarida joylashgan uzel va serverlar bilan ma’lumot almashish imkoniyatini kafolatlamaydi.
7.6. Operator xizmatlarni ko‘rsatishda qisqa muddatli (15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan) uzilishlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
7.7. Operator Abonentning Autentifikasiya ma’lumotlarini kiritish paytida uchinchi shaxslar tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlar, shuningdek, ularning oqibatlari uchun javobgar bo‘lmaydi.
7.8. Operator Abonent tomonidan Xizmatdan foydalanish yoki foydalana olmaslik natijasida, shu jumladan ma’lumotlarni uzatishda yo‘l qo‘yilgan xatolar, kamchiliklar, ishdagi uzilishlar, funksiyalarning o‘zgarishi, nuqsonlar, ishda kechikishlar va boshqa sabablarga ko‘ra yo‘qotilgan foyda, yetkazilgan bevosita yoki bilvosita zarar uchun javobgar bo‘lmaydi.
7.9. Operator shahar va boshqa umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan aloqa tarmoqlarining sifati, shuningdek, Operatorning javobgarlik hududidan tashqarida joylashgan sabablarga ko‘ra bevosita yoki bilvosita sodir bo‘lgan Xizmatlarni ko‘rsatish sifatining yomonlashishi yoki undagi uzilishlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
7.10. Operator Xizmatlardan foydalanishda Abonent tomonidan olinadigan va uzatiladigan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va mazmuni uchun javobgar sanalmaydi.
7.11. Operator Abonent tomonidan oshkor etilishi yoki Abonent tomonidan hisob ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarning yo‘qolishi munosabati bilan Abonentga yetkazilgan ziyon uchun javobgar sanalmaydi.
7.12. Xizmatlarga kirish to‘xtatilganda, Operator uchinchi shaxslarni Abonentni Xizmatlarga kirish huquqidan mahrum qilish va bunday ogohlantirish yoki uning yo‘qligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar haqida xabardor qilish yoki xabardor qilmaslik uchun javobgar emas.
8. ABONENTNING JAVOBGARLIGI
8.1. Abonent amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z majburiyatlarini bajarish uchun javobgar sanaladi.
8.2. Abonent Shartnomaga Ilovalarda keltirilgan Xizmatlardan foydalanish qoidalarini bajarish uchun javobgar sanaladi.
8.3. Abonent Xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq holda yo‘l qo‘yilgan barcha xatti-harakatlar, shuningdek ularning oqibatlari uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar sanaladi.
8.4. Abonent o‘z Autentifikasiya ma’lumotlarining maxfiyligini saqlash va uchinchi shaxslardan himoya qilish, shuningdek Autentifikasiya ma’lumotlarini oshkor qilish va ulardan ruxsatsiz foydalanish sababli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar uchun to‘liq javobgar sanaladi.
8.5. Abonent Xizmatdan foydalanish jarayonida unga taqdim qilingan materiallar, tovar va xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq javobgarlik va xatarlarni to‘liq o‘z zimmasiga oladi.
8.6. Abonent Xizmatlardan foydalanish munosabati bilan Abonent tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarning mazmuni, ishonchliligi va qonuniyligi uchun mustaqil ravishda javob beradi.
9. YENGIB BO‘LMAS KUCH (FORS-MAJOR) HOLATLARI
9.1. Tomonlar, Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaslik (lozim darajada bajarmaslik) lari fors-major holatlari (tabiiy ofatlar, yong‘inlar, texnogen avariyalar va falokatlar, muhandislik inshootlari va kommunikasiyalaridagi baxtsiz hodisalar, davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining me’yoriy hujjatlari, tomonlarning Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi lisenziyalovchi organ va boshqalar), ya’ni Shartnoma tuzilgandan so‘ng paydo bo‘lgan ushbu sharoitlardagi favqulodda va yengib bo‘lmaydigan holatlar tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, Shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
9.2. Majburiyatlarini bajarmagan Tomon majburiyatni bajarish muddati boshlanganidan keyin yuzaga kelgan holatlarga murojaat qilishga haqli emas.
9.3. Shartnomaning 9.1-bandida nazarda tutilgan fors-major holatlari ta’siridan ziyon ko‘rgan Operator forsmajor holatlari yuzaga kelgan va tugatilgan paytdan e’tiboran 5 (besh) ish kuni ichida ular yuzaga kelganligi va, tabiiyki, bunday holatlarning tugagani haqida Xizmatning rasmiy vebsaytida ma’lumot joylashtirishi shart.
9.4. Agar boshqa tomon fors-major holatlarining yuzaga kelishi va tugaganligi to‘g‘risida xabardor qilinmagan bo‘lsa, manfaatdor tomon, bunday holatlarning yuzaga kelishi bu haqda xabar berishga ham to‘sqinlik qilgan bo‘lmasa, ularni javobgarlikdan ozod qilish uchun asos sifatida ko‘rsatishga haqli emas.
9.5. Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati bunday holatlar amalda qilib turgan vaqtga mutanosib ravishda, hech qanday yo‘qotishlar qoplanmasligi sharti bilan ortga qoldiriladi.
9.6. Agar Operatorga zarar yetkazayotgan fors-major holatlari ketma-ket 30 (o‘ttiz) kundan ortiq davom etsa, Operator vebsaytida tegishli e’lonni joylashtirish orqali Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra bajarishdan bosh tortishga haqli. Bunday holda, Shartnoma Operator e’lonida ko‘rsatilgan kundan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.
10. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
10.1. Shartnomani bajarish bilan bog‘liq har qanday nizo yoki kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar ularni Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yo‘li bilan hal qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradilar.
10.2. Yuzaga kelgan nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal etilmagan taqdirda, ular amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli sudda hal qilinishi lozim.
10.3. Nizoli munosabatlarni vakolatli sudda ko‘rib chiqish uchun murojaat qilish tartibidan oldin da’vo arizasi yuborish orqali nizoli munosabatlarni sudgacha hal qilish tartibi amalga oshirilishi lozim.
10.4. Abonentning Xizmatlar bo‘yicha da’volarini taqdim etish muddati Xizmatlar ko‘rsatilgan kundan boshlab bir oyni tashkil qiladi. Ushbu muddat tugagandan keyin taqdim etilgan da’volarni Operator ko‘rib chiqmaslik huquqiga ega.
10.5. Da’volar Tomonlar tomonidan bir-biriga quyidagi tarzda yetkaziladi:
10.5.1. Operatordan Abonentga – yozma ko‘rinishda faksimil aloqa yoki buyurtma pochta orqali jo‘natilgan xat yordamida.
10.5.2. Abonentdan Operatorga – yozma ko‘rinishda faksimil aloqa yoki buyurtma pochta orqali jo‘natilgan xat yordamida.
10.6. Da’vo arizasida shaxsiy hisob raqami, Abonentning to‘liq ismi, sharifi, shuningdek, javob yo‘llash uchun uning pochta manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Ushbu ma’lumotlar ko‘rsatilmagan taqdirda, Operator da’voni ko‘rib chiqish uchun qabul qilishni rad etishga haqli.
10.7. Yozma da’volarni ko‘rib chiqish natijalari Abonent yo‘llagan da’vo arizasining asl nusxasi Operator tomonidan olingan kundan boshlab bir oy ichida arizachiga yozma ravishda yetkaziladi.
11. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI, UNI O‘ZGARTIRISH YOKI TO‘XTATISH TARTIBI
11.1. Ushbu Shartnomaning amal qilish muddati ochiq (muddatsiz) bo‘lib, uning barcha shartlari tomonlardan biri o‘z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortguniga qadar amal qiladi, bu holda Shartnoma bunday rad etilgan paytdan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.
11.2. Abonentning Xizmatdan foydalanishda davom etayotganda qo‘shimcha xizmatdan foydalanishni rad etishi, Abonentning yozma arizasi asosida Operator tomonidan qayd qilinadi. Operator tomonidan shunday ariza olingan taqdirda, Abonentning qo‘shimcha xizmatga obunasi bekor qilinadi. Operator Abonentning ushbu arizasida ko‘rsatilgan kundan boshlab, ushbu qo‘shimcha xizmatni ko‘rsatishni va qo‘shimcha xizmat uchun haq olishni to‘xtatadi. Agar Abonent arizasida ushbu sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa, qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish va qo‘shimcha xizmat uchun to‘lovni undirish bunday ariza Abonentdan olingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida amalga oshiriladigan Abonentning rad javobi qayd etilgan kundan boshlab to‘xtatiladi.
11.3. Abonent Operatorning ofisiga ariza berilayotgan oy tugaguniga qadar 10 (o‘n) kalendar kunidan kechiktirmay Shartnomani bekor qilish to‘g‘risida yozma ariza bilan murojaat qilib, Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.
11.4. Abonentga pul mablag‘larini qaytarish Operator tomonidan Abonentning yozma arizasi asosida, Abonentning bank kartasiga milliy valyutadagi mablag‘larni ko‘chirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mablag‘larni qaytarish to‘g‘risidagi arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi shart: – Abonentning plastik kartasi ochilgan bank nomi; – Bankning MFOsi; – Pul mablag‘larini ko‘chirish lozim bo‘lgan bankning tranzit hisob raqami; – Abonent plastik kartasining shaxsiy hisobvarag‘i.
11.5. Operator Shartnoma shartlarini yoki unga Ilovalarni o‘zgartirishga, shu jumladan amaldagi tariflarni o‘zgartirishga, Shartnomaga yangi Ilovalarni qo‘shishga, Abonentni Xizmatning rasmiy vebsaytiga o‘zgartirishlar kuchga kirishidan kamida 10 (O‘n) kalendar kun oldin e’lon joylashtirish orqali xabardor qilish huquqiga ega.
11.6. Xizmatning rasmiy vebsaytida e’lonni joylashtirish fakti, albatta, Operator tomonidan Abonentni xabardor qilish majburiyatini lozim darajada bajarish sanaladi.
11.7. Abonent Xizmatning rasmiy vebsaytidagi o‘zgarishlar kiritilganligini muntazam ravishda tekshirish uchun javobgardir. Shartnomaning amaldagi qoidalari va uning Ilovalari o‘zgarganligi to‘g‘risida xabar berilgandan keyin 10 (o‘n) kalendar kunidan keyin xizmatlardan foydalanishni davom ettirish ushbu qoidalarga so‘zsiz rioya qilish va ularni qabul qilish deb hisoblanadi.
12. BOSHQA SHARTLAR
12.1. Operator quyidagi holatlarda tegishli korxona, muassasa yoki tashkilotlarga Abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilishga haqli sanaladi:
12.1.1. Abonent pudratchi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan Xizmatlar va ular yordamida Abonentga keyinchalik texnik xizmat ko‘rsatish uchun ulanishi tashkil etilganda;
12.1.2. Abonentning domen nomlari ro‘yxatga olinganda;
12.1.3. Amalda qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda.
12.2. Abonent har qanday muayyan xizmatdan foydalanish uchun Autentifikasiya ma’lumotlarini yo‘qotgan taqdirda, Abonentning Abonentlar bilan ishlash bo‘limi yoki Call-markaz – texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yo‘llangan so‘roviga binoan, yo‘qotilgan ma’lumotlar to‘g‘risida Abonentga qayta xabar berish yoki parolni o‘zgartirish harakati, Abonentning pasport ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda, Operator tomonidan amalga oshiriladi. Operator, faqatgina Abonent nazorat savoliga to‘g‘ri javob berishi sharti bilan, Abonentga yo‘qotilgan ma’lumotlar haqida qayta xabar beradi va parolni almashtiradi.
12.3. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan barcha masalalarda tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi fuqarolik qonunchiligiga amal qiladilar.
12.4. F.I.Sh., pasport ma’lumotlari, yashash manzili, aloqa uchun telefon raqamlari o‘zgargan taqdirda, Abonent bunday o‘zgartirishlar kiritilgan kundan boshlab, o‘n kunlik muddat ichida Operatorni yozma ravishda xabardor qilishga majbur. Aks holda, Operator tomonidan Abonentning ma’lum bo‘lgan oxirgi manziliga yoki aloqa uchun faks raqamiga yuborilgan xabar lozim ravishda yuborilgan hisoblanadi.